Partiya yangiliklari
O‘zbekiston XDP fraksiyasi ishlamaydigan va havolaki normalarga e’tiroz bildirdi
O‘zXDP fraksiyasining navbatdagi yig‘ilishida aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini himoya qilish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish orqali ularga kasbiy faoliyatni amalga oshirish huquqini berish tizimini joriy etishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda muhokama qilindi...
Odam savdosi uchun javobgarlik kuchaytirilmoqda
Prezidentning «Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat tamoyillarini keng joriy etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi farmoniga asosan, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha Milliy komissiyasi qayta tashkil qilinib, mazkur komissiya o‘z faoliyatini samarali ravishda amalga oshirmoqda...
Infografika: “Yosh siyosatchilar maktabi”
Yoshlar bilan ishlash va ularni siyosiy jarayonlarga jalb qilish maqsadida tashkil etilgan “Yosh siyosatchilar maktabi” 2024-yilda nimalarga erishdi?..
Deputat mahallada
11-Gulbuloq saylov okrugidan saylangan Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati, Jizzax viloyat Arxiv ishi hududiy boshqarmasi boshlig‘i O‘.O‘rozboyev, O‘zXDP Baxmal tuman kengashi raisi A.Zikirayev bilan birgalikda "Gulbuloq" MFY hududidagi 50-sonli umumta’lim maktabi binosida sayyor qabul o‘tqazdi...
Infografika: “Ayollarga ko‘mak”
Og‘ir ijtimoiy vaziyatga tushib qolgan xotin-qizlarga mahalliy Kengash deputatlarini biriktirgan holda ular muammosini bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy-huquqiy va psixologik yordam ko‘rsatish maqsadida o‘tkazilgan loyiha natijalari. Mazkur loyiha doirasida, shuningdek, 97 nafar xotin-qizga tikuv mashinasi olib berishga ko‘maklashildi. 102 nafariga huquqiy-psixologik yordamlar ko‘rsatildi...
BPTlar soni yana bittaga ko‘paydi
Yangi yilning ilk kunlarida O‘zbekiston XDP O‘rta Chirchiq tuman kengashi tomonidan tuman "Inson" ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish markazida targ‘ibot olib bordi. Natijada markazda partiyaning hududiy boshlang‘ich tashkiloti tuzildi...
Partiyamiz deputati saylovchilarning turmush tarzi bilan tanishdi
9-O‘smat saylov okrugidan xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashiga saylangan Nazifa Kamolova aholining muammolarini o‘rganish yuzasidan Baxmal tumanida bo‘ldi...
Partiya guruhi faoliyatini sarhisob qildi
Xalq deputatlari Shumanay tuman Kengashidagi O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi guruhining 2024-yil yakuniga bag‘ishlangan yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi...
Hisobot emas, natija uchun ishlash bosh maqsadimizdir
Yutuqlardan halovatga berilmay, boy berilgan imkoniyatlar xulosa chiqarib, 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar yuzasidan rejalar tuzib oldik. Davlat rahbarining ta’biri bilan aytganda, deputat bu xalq xizmatchisi, barchaga o‘rnak bo‘ladigan, siyosiy bilimi va ongi yuksak, o‘z Vatanini chin dildan sevadigan insondir. Yangi yilda ushbu tamoyilni hayotiy prinsipga aylantirishni maqsad qildik...
2024-yildagi natijalar yangi kuch beradi
Dunyo mamlakatlari Yangi yilni yangi orzu-umidlar bilan kutib olishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Yangi yil – bu yangilanish, yangi umidlar va yangi imkoniyatlar davri. Har yili bo‘lganidek, Yangi yil bo‘sag‘asida o‘tgan yilga yakun yasalib, kelajak uchun rejalar tuziladi...
“Еscrow” tizimi: uy-joy qurilishi sohasidagi muammolarga oqilona yechim
Fuqarolarimiz ayrim nopok qurilish korxonalarining va’dalariga ishonib, hali qurilishi boshlanmagan uy-joylar uchun shartnoma tuzib, oldindan katta miqdorda to‘lov qilib qo‘ymoqda. Ayrim qurilish korxonalarining pullarni maqsadsiz sarflashi, talon-toroj qilishi yoki ularni bankrotga uchrashi oqibatida, ishonuvcha fuqarolar mablag‘laridan ajralib qolyapti...
Mahalliy Kengash sessiyalarida O‘zbekiston XDP guruhi pozitsiyasi qanday bo‘ladi?
Farg‘ona viloyatida O‘zXDPdan saylangan deputatlar allaqachon vazifalariga kirishib ketgan. Raqamlarga to‘xtalsak, viloyat, tuman va shaharlarida 115 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘ldik. 19 ta deputatlik guruhlari tuzildi. Endigi navbat viloyat, tuman va shaharlarimiz kelgusi 5 yillikda saylov okrugida, mahallalar kesimida saylovchilar, partiyamiz elektorati manfaatlarini himoya qilish uchun sidqidildan ish olib borishi bilan bog‘liqdir...
“Uy-joy sotib olishda yangi “Escrow” tizimi asosida aholi mablag‘lari kafolati ta’minlanadi”
Yangi uylarni olmoqchi bo‘lgan fuqarolar pullarini bank orqali emas, aksincha to‘g‘ridan-to‘g‘ri quruvchilarga berayotgani uchun ham ayrim hollarda muammolar yuzaga kelmoqda...
Elektorat vakillar uchun tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Partiyaning Toshkent viloyat kengashi hamda xalq deputatlari viloyat Kengashidagi partiya guruhi a’zosi Sh.Abdurahimova tashabbusi bilan Ohangaron tumanida tibbiy aksiya tashkil etildi...
Hayot bilan yuzma-yuz
Mahalliy Kengashlar katta kuch va salohiyatga ega. Biz ularning imkoniyatlaridan unumli foydalansak, yutuqlarimiz salmog‘i oshadi, hududlar taraqqiyotiga xizmat qiladigan tashabbuslarimiz kengayadi, joylarda aholi e’tirozlariga sabab bo‘layotgan muammolar bartaraf etiladi...
Sirdaryolik deputatlar jamiyat taraqqiyotiga xizmat qiluvchi har qanday tashabbusga tayyor
Deputatlik birlashmalari bilan ishlash boshqarmasi har bir hududda deputatlar ishtirokida o‘quvlar o‘tkazdi. Qoraqalpog‘istonda boshlangan seminar bir oy davomida barcha viloyatlarni qamrab oldi. Sirdaryoda bo‘lib o‘tgan o‘quv ularning oxirgisi bo‘ldi...
10 dan 1 emas, 3 dan 1!
Keyingi besh yilda O‘zbekistonda oliy ta’limda muhit va kayfiyat butunlay o‘zgarib ketdi. Yildan-yilga oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirayotgan yoshlarning soni o‘sib bormoqda...
Insonning imkoniyatlari cheklanmagan
Xabaringiz bor, 2024-yilda dunyoning eng ruhlantiruvchi 100 ayoli ro‘yxatiga kirgan surxondaryolik Dilorom Yo‘ldoshevaning matonati va ishbilarmonlik fazilatlari yuqori darajada e’tirof etilib, davlat rahbari tomonidan “Mardlik” ordeni bilan taqdirlandi. Jismoniy imkoniyati cheklanganiga qaramay, oilada va jamiyatda o‘z o‘rnini topib, 40 nafar xotin-qizni ish bilan ta’minlangan bu ayol timsolida hayot sinovlari oldida bosh egmay, irodasi toblangan hazrati insonni ko‘ramiz...
Doimiy komissiya yig‘ilishida XDP deputatlari o‘z takliflarini bildirdi
Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari hamda Ijtimoiy soha yoshlar siyosati, madaniyat sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyalarining 1-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi...
«Baxt»liklar uchun tibbiy ko‘rik tashkil etildi
O‘zXDP G‘allaorol tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi hamkor tashkilotlar bilan birgalikda «Baxt» mahallasida «Sog‘lom ona – sog‘lom oila» loyihasi doirasida amaliy tadbir tashkil qildi. Mahallada joylashgan vrachlik punktidagi tibbiyot xodimlari bilan hamkorlikda aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi...