Tibbiy xizmat sifati o‘rganildi

 

Xalq deputatlari Xonqa tuman Kengashidagi deputatimiz F.Vaisov “G‘ayrat” mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda fuqarolarga o‘z vaqtida va samarali tibbiy yordam ko‘rsatilishi holatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida hudud aholisi uchun ko‘rsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlarning holati, fuqarolarning tibbiyot muassasalariga murojaat qilish imkoniyatlari, tibbiy xizmatlarning sifati hamda tezkorligi yuzasidan mavjud vaziyat atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla aholisi bilan muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan tibbiy xizmatlar bilan bog‘liq muammolar va takliflar tinglandi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan fikr-mulohazalar asosida tibbiy xizmatlar sifatini yanada yaxshilash, aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordamning samaradorligini oshirish bo‘yicha tegishli takliflar ishlab chiqilishi belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish