O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi tashkil topganining 35 yilligi munosabati bilan joylarda targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston XDP Nukus shahar kengashi tashabbusi bilan “Agrotexnologiya kutubxonasi” boshlang‘ich partiya tashkilotida “35 yil — manzilli ijtimoiy himoya” mavzusida tadbir tashkil etildi.
Unda O‘zbekiston XDP Nukus shahar kengashi raisi N. Kishanov, “Agrotexnologiya kutubxonasi” boshlang‘ich partiya tashkiloti raisi M. Mambetov, partiya faollari, Qoraqalpog‘iston qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida partiyaning 1991-yilda tashkil topganidan buyon bosib o‘tgan 35 yillik faoliyat yo‘li, dasturiy maqsad va vazifalari, parlament va mahalliy Kengashlardagi faoliyati hamda saylovlardagi ishtiroki haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, partiyaning ijtimoiy adolat va tenglikni ta’minlash, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari manfaatlarini himoya qilish borasidagi ustuvor yo‘nalishlari haqida so‘z yuritildi.
Tadbirda partiyaning bugungi faoliyatida ijtimoiy himoyani kuchaytirish, ehtiyojmand aholi manfaatlarini himoya qilish, kambag‘allikni qisqartirish, bandlikni ta’minlash va parlament nazoratini yanada kuchaytirish kabi vazifalarga alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Shu mavzularga oid taqdimot ham namoyish etildi.
Talaba yoshlar bilan muloqotda partiyaning tarixiy taraqqiyot bosqichlari, zamonaviy siyosiy jarayonlardagi ishtiroki hamda yoshlarning jamiyat hayotidagi faolligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.