Partiya yangiliklari
Tomorqaga mehr mo‘jiza yaratarkan
Keyingi vaqtlarda Sayxunobod tajribasi haqida ko‘p gapirilmoqda. Joriy yilning boshida davlatimiz rahbari Sirdaryoga tashrifi davomida Sayxunobod tumani «Ittifoq» mahallasida bo‘lib, tomorqa va uy xo‘jaliklari bilan tanishish asnosida «1 sotix tomorqadan kamida 1-2 million so‘m daromad» mezoni asosida biznes reja ishlab chiqishga doir tavsiyalar bergan edi...
Har bir me’yor ortida inson bor
Parlament Qonunchilik palatasining yangi tarkibi qonun ijodkorligi jarayoniga qizg‘in kirishib ketdi. Ayrim loyihalar uzoq va keng qamrovli muhokama qilinyapti, foydali bahs-munozaralar avjiga chiqyapti...
Islohotlar taqdiri hududlarda hal bo‘ladi
Yurtimiz aholisi 2024-yilning 1-oktabr holatiga ko‘ra, 37,4 million nafarga yetgan va bu ko‘rsatkich 2023-yilning mos davriga nisbatan 2,1 foizga oshgan. E’tiborli jihati, 19 milliondan ziyod kishi shaharlarda, qolgani esa qishloqlarda istiqomat qilmoqda. Shaharda yashovchilarning soni ortishi odamlarning turmush tarzi o‘zgarayotgani, sharoitlari yaxshilanayotgani va farovonlikdan dalolat beradi, albatta...
Zo‘ravonlikka uchragan ayol zo‘ravonning uyida qolishga majbur bo‘lmaydi
Palata majlisida oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, oilaviy (maishiy) zo‘ravonlikdan jabrlanganlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi...
O‘zXDP xotin-qizlarga ko‘maklashishga hamisha tayyor
O‘zbekiston XDP Mirzacho‘l tuman kengashi raisi A.Namazova hamda deputatlar tomonidan «Ayollar ko‘mak» loyihasi doirasida «G‘alaba» mahallasi xotin-qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi...
Inson kapitalini rivojlantirish taraqqiyotning asosiy ustuni
Yangi baholash tizimi joriy etilgan maktablar soni 1500 taga (2023-yil – 500 ta) yetkazildi. Bunda o‘tgan yilgi baholashda ishtirok etgan 500 ta maktab ichida jarayonlarni samarali yo‘lga qo‘ygan maktab jamoalariga 40 foizgacha ustama to‘lab kelinmoqda. O‘tgan o‘quv yilida o‘quvchilarning o‘rtacha o‘zlashtirish darajasi 6 foizga oshgan...
Xo‘jaylida tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
Xo‘jaylida O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi, Xo‘jayli tuman kengashi va xalq deputatlari tuman Kengashidagi partiya guruhi bilan hamkorlikda tadbir tashkil qildi...
Avvalo, qarzdor bo‘lmang...
O‘zXDPning navbatdagi fraksiya yig‘ilishida deputat Sh.Nazarov O‘zbekiston Respublikasi ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirishlar kiritish masalalari, xususan aholining chiqindilardan qarzdorligi aniqlangan taqdirda, ularni elektr tarmog‘idan uzilishi borasida mutasaddi tashkilot vakillariga bir qator savollar bilan yuzlandi...
Infografika: Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sishni ta’minlashning yangi tizimi yo‘lga qo‘yiladi
“Hududlarda yuqori iqtisodiy o‘sish va aholi bandligini ta’minlashning yangi tizimini yo‘lga qo‘yish hamda bu borada mahalliy hokimliklarning roli va mas’uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-223-son, 20.12.2024 y.) qabul qilindi
Deputatimiz har sohada faol
Xalq deputatlari Buxoro viloyat Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi A.Fozilov M.Tarobiy mahallasida joylashgan 53-sonli tibbiy punktida tibbiy ko‘rik tashkillashtirdi. Tadbir doirasida 100 dan ortiq aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi...
Majburiy tibbiy ko‘rik qamoqqa olingan shaxsning muhofazasi uchun xizmat qiladi
Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi yig‘ilishida “Jinoyat ishini yuritish chog‘ida qamoqda saqlash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuniga gumon qilinuvchi, ayblanuvchi va sudlanuvchilarni qiynoqqa solish holatlarining oldini olishga qaratilgan qo‘shimcha kiritish haqida”gi qonun loyihasi ham muhokama qilindi...
Deputatimiz “Bog‘bonlar” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuv o‘tkazdi
Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashidagi O‘zbekiston XDP guruhi a’zosi, Oʻzbekiston-Finlandiya pedagogika instituti rektori Shahzoda Negmatovaning Samarqand shahridagi “Bog‘bonlar” mahallasi fuqarolari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi...
O‘zbekistondagi uzluksiz ta’lim haqida yangi kitob nashrdan chiqdi
Ta’lim sohasi fidoyisi, pedagogika fanlari doktori, professor Ulug‘bek Inoyatovning “Yangi O‘zbekistonda uzluksiz ta’lim” nomli ilmiy-ommabop kitobda yillar davomida ta’lim tizimida to‘planib qolgan muammolar keyingi yillarda qanday yechim topayotgani aniq fakt va raqamlar asosida ochib berilgan...
Tadbirkor yurtga madadkor
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida dolzarb masalalar ko‘tarildi. Ayniqsa, joylarda hokimlar har bir tadbirkor bilan ko‘proq muloqot qilgan holda korxonalarga borib, ularning dardi bilan yashashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi....
Qashqadaryolik deputatlar hisobotni qanday baholadi?
Yaqinda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi tashabbusi bilan viloyat qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma majlisi o‘tkazildi...
Toshkentda yangi BPT tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Yunusobod tumani kengashi tashabbusi bilan tumanda joylashgan Chinobod sanatoriyasida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari haqida so‘z bordi...
Quvalik deputatlar ancha faol
Yaqinda xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyamiz elektorati bo‘lgan nogironligi bo‘lgan insonlar manfaati bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qildik...
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 17-Yangibo‘ston saylov okrugiga O‘zXDPdan saylangan deputat A.Ibadullayev «O‘zbekiston» mahallasiga borib, «G‘allakor» OSHPga qarashli konteynerda joylashgan tibbiyot punktidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Xodimlar va aholi uchun zarur masalalarni o‘rgandi...
Deputatlar uyg‘oq fikr, uyg‘oq vijdon egasi bo‘lishi kerak
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengash tomonidan hududlarda yangi saylangan deputatlar ishtirokida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari rolini oshirish va faoliyatini takomillashtirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi...
Deputatlik saylovchilar ishonchi demakdir
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari M.Tarobiy mahallasida aholi bilan muloqot qildi. Mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganishdi...