O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Andijon viloyat kengashi tashabbusi bilan Andijon davlat universiteti hamkorligida talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turniri o‘tkazildi. Unda 15 ta jamoa ishtirok etdi.
Tadbirni xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Muqaddasxon Sultonova ochib, yoshlarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi. Shuningdek, ishtirokchilarni partiyaning maqsad va g‘oyalari bilan tanishtirib, intellektual bellashuvda ularga omad tiladi.
Qizg‘in savol-javoblar asosida o‘tgan turnir yakunida “Jadidchilar” jamoasi 1-o‘rin, “Renessans” jamoasi 2-o‘rin, “Yosh bankirlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi.
G‘olib va sovrindor jamoalar O‘zbekiston XDP Andijon viloyat kengashining diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.