Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar sifati hamda ijtimoiy dorixonalar faoliyatini o‘rganish maqsadida partiyamiz Jizzax viloyat kengashi raisi N.Xolmatov hamda Sh.Rashidov tuman kengashi deputati A.Rahmonovlar tomonidan Sharof Rashidov tumanidagi ijtimoiy dorixona hamda tibbiyot birlashmalari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida tibbiyot muassasalarida yaratilgan sharoitlar va dorixonalardagi dori-darmonlarning mavjudligi hamda ularning narx-navo masalalari atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, tibbiy muassasalarda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati, tibbiyot xodimlarining faoliyati, bemorlar uchun yaratilgan qulayliklar hamda dori vositalarining saqlanish sharoitlari o‘rganildi. Jarayonda mutasaddilar bilan suhbatlar o‘tkazilib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashildi.
O‘rganishlar davomida aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, aholiga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.