Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputat M.Gulboyev Baxmal tumanidagi umumta’lim maktablari jamoalari hamda aholi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida “Temirqadam” mahallasidagi 16-sonli, “Oyqor” mahallasidagi 14- va 51-sonli, “Baxmal” mahallasidagi 60-sonli maktablarda ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, maktablarda o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini oshirish, o‘qituvchilarni qo‘llab-quvvatlash va o‘quvchilarning bilim olish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, deputat “Baxmal” mahallasida uchrashuv o‘tkazib, aholini qiynayotgan muammolar, jumladan, maktab infratuzilmasini yaxshilash, sinfxonalarni jihozlash, sport maydonchalarini barpo etish va o‘quvchilar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflarni tinglandi. Muloqot jarayonida fuqarolar o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga qaratilgan tashabbuslarini ilgari surdi.
Shundan so‘ng, deputatimiz “Baxmal” MFY, Abay qishlog‘ida qurilayotgan piyodalar ko‘prigi hamda aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida qazilayotgan beshta artezian quduqlari loyihalari bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni joyiga borgan holda o‘rgandi.