Oltinko‘lda kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston XDP fraksiyasi a’zosi Anvarjon Nurmatov 22-sentabr kuni Oltinko‘l tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi. Shuningdek, kambag‘allik reyestrida turuvchi fuqarolar bepul foydalanishi uchun qurilgan issiqxona faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda murojaatlar bilan ishlash tartibi yuzasidan ma’lumotlar berildi. Aholiga manzilli yordam ko‘rsatish, ehtiyojmandlarni aniqlash va ularni tegishli ijtimoiy xizmatlarga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi mas’ullari hududdagi ijtimoiy holatdan kelib chiqib, kambag‘allikni keltirib chiqaradigan omillarni o‘rganish, mavjud muammolarni tizimli hal etish va ko‘mak samaradorligini oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida axborot berdi.

O‘rganish yakunida kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha ishlar monitoringini kuchaytirish, ehtiyojmandlarni aniqlashda manzilli yondashuvni ta’minlash, aholi bilan ochiq muloqotni kengaytirish hamda fuqarolarni nafaqa va yordam, ijtimoiy xizmatlar, bandlik kabi tegishli yo‘nalishlarga yo‘naltirish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar belgilandi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish