Partiya yangiliklari
Tadbirkor yurtga madadkor
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev raisligida mamlakatimizda tadbirkorlikni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha joriy yil yakunlari va 2025-yilga asosiy rejalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida dolzarb masalalar ko‘tarildi. Ayniqsa, joylarda hokimlar har bir tadbirkor bilan ko‘proq muloqot qilgan holda korxonalarga borib, ularning dardi bilan yashashi kerakligi ko‘rsatib o‘tildi....
Qashqadaryolik deputatlar hisobotni qanday baholadi?
Yaqinda xalq deputatlari Qashqadaryo viloyat Kengashidagi partiyamiz guruhi tashabbusi bilan viloyat qurilish va uy- joy kommunal xo‘jaligi boshqarmasida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qo‘shma majlisi o‘tkazildi...
Toshkentda yangi BPT tashkil etildi
O‘zbekiston XDP Yunusobod tumani kengashi tashabbusi bilan tumanda joylashgan Chinobod sanatoriyasida tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsad va vazifalari haqida so‘z bordi...
Quvalik deputatlar ancha faol
Yaqinda xalq deputatlari Quva tuman Kengashining navbatdagi VII chaqiriq ikkinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda partiyamiz elektorati bo‘lgan nogironligi bo‘lgan insonlar manfaati bilan bog‘liq bir qator masalalarni muhokama qildik...
Deputatlar ijtimoiy soha obyektlarini o‘rganmoqda
Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi 17-Yangibo‘ston saylov okrugiga O‘zXDPdan saylangan deputat A.Ibadullayev «O‘zbekiston» mahallasiga borib, «G‘allakor» OSHPga qarashli konteynerda joylashgan tibbiyot punktidagi shart-sharoitlar bilan tanishdi. Xodimlar va aholi uchun zarur masalalarni o‘rgandi...
Deputatlar uyg‘oq fikr, uyg‘oq vijdon egasi bo‘lishi kerak
Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Markaziy Kengash tomonidan hududlarda yangi saylangan deputatlar ishtirokida “Xalq deputatlari mahalliy Kengashlardagi partiya guruhlari rolini oshirish va faoliyatini takomillashtirish” mavzusida o‘quv-seminar tashkil etildi...
Deputatlik saylovchilar ishonchi demakdir
Xalq deputatlari Buxoro shahar Kengashi deputatlari M.Tarobiy mahallasida aholi bilan muloqot qildi. Mahalladagi mavjud muammolarni o‘rganishdi...
Hamisha dolzarb
Kambag‘allikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish Yangi O‘zbekiston siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylandi. Barcha islohotlar “Inson qadri uchun” tamoyili asosida olib borilmoqda. Buni so‘nggi yillarda ijtimoiy sohadagi natijador chora-tadbirlar misolida ham ko‘rish mumkin. Jumladan, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”, “mahallabay” va “xonadonbay” ishlash usullari aynan shu maqsadlar uchun joriy etildi...
Gender tenglikni ta’minlashda eng faol deputat
Sherobod tumanidagi 8-sonli bolalar musiqa va san’at maktabi direktori, xalq deputatlari tuman Kengashidagi O‘zXDP guruhi a’zosi Nigora Saidova «Gender tenglik faoli» milliy tanlovining Surxondaryo viloyat bosqichida faol ishtirok etdi. Deputat «Gender tenglikni ta’minlashda eng faol tuman davlat organi» nominatsiyasida g‘olib bo‘ldi va Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi...
Inson qadri uchun!
Ijtimoiy himoya sohasiga oid ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida bildirilgan fikrlar, belgilangan vazifalar sohaga shaffof baho berish, kelgusi rejalarni aniqlab olish imkonini ham berdi...
Har bir bola – e’tiborda
Yig‘ilishda bog‘cha va maktab yoshidagi nogironligi bor bolalarning asosiy qismi maxsus maktab-internatlarda, ota-onasidan uzoqda ta’lim olishi tanqid qilindi...
Har bir rag‘bat ortida ezgu maqsad bor
O‘zbekiston XDP Nishon tumani kengashi tomonidan navbatdagi tuhfa tuman axborot kutubxona markazi boshlang‘ich partiya tashkilotiga bo‘ldi...
G‘oya-tashabbuslarimiz “yo‘l xaritasi”
Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari vakillari bizning elektoratimiz, bizga yaqin bo‘lgan insonlardir. Shu nuqtai nazardan aytish mumkinki, videoselektor yig‘ilishda belgilangan vazifalar partiyamiz g‘oya va tashabbuslarini amalga oshirishda “yo‘l xaritasi” vazifasini bajaradi...
Yagona elektron platforma
Bizning dasturimizda nogironlar va ehtiyojmandlar uchun qo‘llab-quvvatlov tizimini yanada mustahkamlash muhim o‘rin egallaydi...
“Deputatlar uyg‘onmasa, jamiyatimizda hech qachon muvozanat bo‘lmaydi”
Deputatlik — saylovchilarning ishonchi demakdir. Shu ishonchni oqlash uchun qonunlarimizda xalq noiblarining huquq va majburiyatlari, shu bilan bir qatorda faoliyatining asosiy kafolatlari belgilab qo‘yilgan. Hududlarda davom etayotgan seminarlar bu fikrlar ta’kidlanmoqda.
Qashqadaryoda ham ana shunday o‘quv tashkil etildi...
Ijtimoiy himoya eng ustuvor vazifa
Davlatimiz rahbari alohida e’tibor qaratayotgan ushbu omillar, albatta, ijtimoiy himoya samaradorligini oshirishga xizmat qilmoqda. Shu ma’noda, kambag‘allikni qisqartirish va kuchli ijtimoiy himoyaning mukammal tizimini yaratish Yangi O‘zbekiston ijtimoiy siyosatining asosiy yo‘nalishiga aylangan...
Deputatimiz mahalla ahlining murojaatini hal etdi
Mahalliy Kengashlarning vakolatlari ortgani, ularning samarali faoliyati uchun sharoitlar yaratilayotgan avvalo xalq manfaatiga xizmat qilmoqda. Masalan, xalq deputatlari Yangiyo‘l shahar kengashi deputati D.Ahmedovaga "Yangihayot" mahallasining bir guruh fuqarolari tomonidan murojaat bo‘lgan edi...
Banklar qo‘llab-quvvatlasa, xayrli tashabbuslarimiz ko‘p
Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar tom ma’noda “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturini amalga oshirish uchun qo‘yilgan zalvorli qadam, deb aytish mumkin. Zero, kambag‘al oilalarning nochor ahvolga tushishi baribir moddiy taqchillikka borib taqaladi...
Ijtimoiy kodeksni tayyorlash dolzarb vazifa
Ijtimoiy sohalarni tartibga soluvchi qonunlarni kodifikatsiya qilish orqali Ijtimoiy kodeksni tayyorlash dolzarb vazifa hisoblanadi. Bu qadam qonunchilikni tizimlashtirish, ziddiyatli va takrorlanuvchi normalarni bartaraf etish hamda aholining ijtimoiy himoyasi va farovonligini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega bo‘ladi...
Bandlikni ta’minlash va kambag‘allikni kamaytirishda eng muhim va hal qiluvchi yil
Kuni kecha Prezidentimiz raisligida yana bir o‘ta muhim masala muhokama qilindi. Banklar ishtirokida mahallalarda aholi bandligini ta’minlash va daromadli qilishga qaratilgan ustuvor vazifalarga qaratilgan videoselektor yig‘ilishida og‘ir tumanlarda ishsizlikni kamaytirish masalasiga alohida yondashildi. Ularga boshqa hududlardan tajribali tadbirkorlar jalb qilinib, loyihalari uchun yengil kreditlar hamda infratuzilmasiga qo‘shimcha mablag‘ ajratilishi ta’kidlandi...