Xotin-qizlar muammolari o‘rganilmoqda
O‘zbekiston XDP G‘allaorol tuman kengashi deputati A. Ismailov tomonidan Qo‘ytosh QFY xotin-qizlari bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida xotin-qizlar tomonidan yo‘llarni sozlash, gaz ta’minotidagi kamchiliklar, kunlar soviy boshlashi bilan elektr energiyasidagi uzilishlar haqida murojaatlar qilindi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan ishlash rejalashtirildi.