Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz
Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz

 

O‘zbekiston XDP Mirzacho‘l tumani kengashi tomonidan "Yangi O‘zbekistonni yoshlar bilan birga quramiz" shiori ostida mirzacho‘llik yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda O‘zbekiston XDP Jizzax viloyat, tuman kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman yoshlar agentligi mas’ul xodimlari, mahallalardagi yoshlar yetakchilari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuv davomida bugungi kunda yoshlarga berilayotgan imtiyozlar, ta’limga va sportga qaratilayotgan e’tibor va yoshlarni bilimli, ilmli bo‘lishlariga yaratib berilayotgan sharoitlar haqida aytib o‘tildi.

Muloqotda yoshlarni qiynayotgan muammolar o‘rganilib, fikr va takliflar bildirildi. Jumladan, yoshlar tomonidan bandlik, tadbirkorlik faoliyatini boshlash uchun imtiyozli kredit olish masalalari ko‘tarildi. Tadbir davomida sog‘liqni saqlash, uy-joy hamda bandlik masalalari bo‘yicha murojaat qilgan 12 nafar yoshlarning murojaatlari o‘rganildi va 4 nafarining masalasi hal etildi.

Uchrashuv so‘nggida partiyaga yangi qabul qilingan yoshlarga a’zolik guvohnomalari topshirildi.

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi
← Roʻyxatga qaytish