Jizzax viloyatining Sh. Rashidov tumani Mulkanlik MFY hamda Jizzax shahar «Farali Tekstil» fabrikasida «Yangilanayotgan Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati xalqchil davlat asoslaridadir» shiori ostida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi targ‘ibotiga bag‘ishlangan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi.
Unda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O‘rol O‘rozboyev, Xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashi deputati Nuriddin Xolmatovlar so‘zga chiqib, so‘nggi yillardagi islohotlar va har bir mahalla, har bir xonadonga kirib borgan ijobiy o‘zgarishlar, inson qadri ulug‘lanishi endilikda Bosh Qomusimizda ham aks etayotganligi haqida so‘z yuritdilar.
Ayniqsa, Konstitutsiyada yoshlar masalasi alohida bob darajasiga olib chiqilishi Yangi O‘zbekistonda yoshlar siyosati ustuvor ekanligiga yaqqol ishoradir – deya ta’kidlandi.
Deputatlarimizning joylardagi tadbirlari davom etmoqda.