Özbekiston Xalq demokratik partiyasi vakillari 4–7 noyabr kunlari Koreya Respublikasining Seul şahrida ötkazilayotgan Osiyo siyosiy partiyalari xalqaro konferensiyasi (ICAPP) 13-Boş Assambleyasida iştirok etmoqda.
“Özgaruvçan dunyoda işonçni tiklaş” mavzusiga bağişlangan uşbu Assambleyada quyidagi yönalişlar diqqat markazida bölib turibdi:
– Barqaror tinçlik, osoyiştalik va ijtimoiy tenglikni ta’minlaş;
– Demokratik jarayonlar va davlat boşqaruvini mustahkamlaş;
– Sun’iy intellekt imkoniyatlaridan inson manfaatlari va umumiy farovonlik yölida foydalaniş;
– Iqlim özgarişi muammolari va ularning ijtimoiy oqibatlarini yumşatiş.
ÖzXDP uşbu xalqaro maydondagi iştiroki orqali siyosiy partiyalar örtasidagi muloqotni rivojlantirişni, şuningdek, aholi ijtimoiy himoyasini mustahkamlaş, huquqlar bilan birga imkoniyatlar tengligini ta’minlaş yönalişlarida tajriba almaşişni, bu boradagi taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşni davom ettiradi.