Piskentda 76 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazildi

 

Özbekiston XDP Piskent tumani kengaşi raisi, xalq deputatlari tuman Kengaşi deputati D. Komilova taşabbusi bilan Murotali mahallasidagi 51-oilaviy poliklinikada «Salomatlik aksiyasi» taşkil etildi.

Aksiya doirasida terapevt, pediatr, nevropatolog, jarroh, kardiolog va LOR mutaxassislari iştirokida, şuningdek, UZI tekşiruvi orqali jami 76 nafar fuqaro tibbiy körikdan ötkazildi. Körik natijalariga köra, 2 nafar fuqaroga viloyat kasalxonasiga, 3 nafar ona va bolaga tuman şifoxonasiga yöllanmalar berildi. Tibbiy körikka keliş imkoniyati bölmagan keksa yoşli fuqarolar xonadonlarida ham körik va zarur muolajalar ötkazildi.

Tadbir davomida partiya deputati aholi va tibbiyot xodimlarining muammo hamda takliflarini ham tingladi. Xususan, Oqtom mahallasida qariyb 3 ming nafar tarqoq holda yaşovçi aholiga xizmat körsatayotgan patronaj hamşiralari xonadonlar orasidagi masofa uzoqligi sababli faoliyatda qiyinçiliklarga duç kelayotganini bildirib, xizmat samaradorligini oşiriş uçun skuter ajratişda amaliy yordam söraşdi.

Uşbu murojaatni örganiş va hal etiş çoralarini köriş maqsadida deputat tomonidan mutasaddi taşkilotlar rahbarlariga deputatlik sörovi kiritiş rejalaştirildi.

Özbekiston XDP uçun aholi salomatligini muhofaza qiliş, ayniqsa, çekka hududlarda tibbiy xizmatdan foydalaniş imkoniyatlarini kengaytiriş va mavjud muammolarga yeçim izlaş muhim vazifalardan biridir. Aksiya davomida tibbiy körik bilan birga aholi va tibbiyot xodimlarining ehtiyojlariga e’tibor qaratilgani ham şu maqsadga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish