Har qanday iqtisodiy islohotning asosiy maqsadi insonlar hayotini yaxşilaş, aholi daromadlarini oşiriş va munosib turmuş şaroitini yaratişdan iborat, albatta.
Davlat rahbarining Buxoro viloyati iqtisodiyotini rivojlantiriş, yangi investitsiya loyihalarini amalga oşiriş va aholi bandligini ta’minlaş borasidagi taşabbuslari, belgilab bergan dolzarb vazifalari ana şu ezgu maqsadga xizmat qilişi, şubhasiz. Keyingi yillarda Buxoro tubdan özgarmoqda, hududning şonli tarixiga munosib zamonaviy bunyodkorlik işlari amalga oşmoqda. Bir vaqtlar bugungidek olamşumul loyihalarni tasavvur qiliş ham qiyin edi, töğrisi.
Taşrif doirasida ötkazilgan yiğilişda qayd etilganidek, sönggi töqqiz yilda viloyatga 9,5 milliard dollarlik xorijiy investitsiya jalb qilinib, 6 mingdan ortiq yangi işlab çiqariş quvvati va 120 mingta doimiy iş örni yaratilgan. Bu iqtisodiy faollikning ortişi, yangi korxonalar taşkil etilişi va aholi bandligini ta’minlaşda muhim omil bölmoqda.
Şu bilan birga, umumiy qiymati 7,8 milliard dollar bölgan 145 ta investitsiya loyihasini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Ularning natijasida 14 mingdan ortiq yangi iş örni yaratilişi, yiliga 22 trillion sömlik mahsulot işlab çiqarilişi va 510 million dollarlik eksport imkoniyati paydo bölişi kutilmoqda.
Özbekiston Xalq demokratik partiyasi nuqtai nazaridan qaraganda, bunday iqtisodiy loyihalarning ahamiyati faqat işlab çiqariş hajmi yoki eksport körsatkiçlari bilan çeklanmaydi. Eng muhimi, ularning natijasi odamlar hayotida, oilalar daromadida va ijtimoiy farovonlikda namoyon böladi. Yangi işlab çiqariş quvvatlari mahalliy aholi uçun barqaror iş örinlari, munosib iş haqi va kasbiy ösiş imkoniyatlarini yaratişi tabiiy.
Yiğilişda viloyatda 40 mingga yaqin fuqaro işsiz ekani, yana 270 ming nafar aholining daromadi örtaça körsatkiçdan pastligi, kambağallikni qisqartirişda real holatga töğri kelmaydigan hisobotlar ötmasligi qat’iy ta’kidlandi. Işsizlik bilan boğliq bu raqamlar aholining daromadlarini oşiriş, kambağallikni qisqartiriş masalalariga jiddiy e’tibor qaratiş zarurligini körsatadi.
Partiyamiz uçun bandlik masalasi doimo ustuvor yönalişlardan biri bölib kelgan. Çunki insonning doimiy iş joyi va barqaror daromadga ega bölişi uning nafaqat moddiy ahvolini, balki oilasi farovonligi va jamiyatdagi ijtimoiy örnini ham belgilaydi. Şu bois xorijda kam iş haqiga işlayotgan yurtdoşlarimizni kasbga öqitiş orqali ularni yuqori daromadli iş örinlariga joylaştiriş taşabbusini qöllab-quvvatlaymiz.
Har bir hududning imkoniyatlari va aholining ehtiyojlari hisobga olinişi zarur. Kasb-hunarga öqitiş mehnat bozorida talab yuqori bölgan mutaxassisliklarga yönaltirilsa, işsiz fuqarolarning doimiy bandligini ta’minlaş imkoniyati kengayadi. Ayniqsa, yoşlar, xotin-qizlar, mehnat bozorida öz örnini topişda qiynalayotgan fuqarolar uçun bunday yondaşuv juda muhim ahamiyatga ega.
Ta’lim sohasidagi eng muhim vazifalardan biri yoşlarning ijtimoiy kelib çiqişi yoki oilasining moddiy imkoniyatidan qat’iy nazar, sifatli ta’lim olişi va kasb egallaşi uçun teng şaroit yaratişdir. Ayniqsa, texnikumlarda nazariy bilim bilan birga, amaliy könikmalarni şakllantiriş, bitiruvçilarni iş beruvçilar bilan boğlaş ular mehnat bozorida öz örnini topişiga katta yordam beradi. Bu esa ta’lim va bandlik örtasidagi tizimli boğliqlikni kuçaytiradi.
Bir söz bilan aytganda, Buxoro viloyatiga taşrif doirasida belgilangan iqtisodiy-ijtimoiy vazifalar, avvalo, aholi turmuş darajasi va hayot sifatini oşirişga yönaltirilgani bilan ahamiyatli. Şundan kelib çiqib ham partiyamizning deputatlik korpusi yangi iş örinlari yaratilişiga xizmat qiladigan loyihalar öz vaqtida amalga oşirilişi va maqsadli körsatkiçlarga erişilişi jarayonlarida faol iştirok etadi.
Uluğbek Inoyatov,
Oliy Majlis Qonunçilik palatasidagi
Özbekiston XDP fraksiyasi rahbari.