Deputat maktabdagi qurilish ishlari bilan tanishdi
Xalq deputatlari Bog‘ot tuman Kengashidagi O‘zbekiston XDP deputati Nigora Maxsudova tumandagi 41-son umumta’lim maktabida olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishdi.
O‘rganish davomida maktab hududida barpo etilayotgan zamonaviy sport zali qurilish jarayoni ko‘zdan kechirilib, bajarilayotgan ishlarning sifati hamda qurilish sur’atiga alohida e’tibor qaratildi.
O‘rganish yakunida sport zalini belgilangan muddatda va sifatli foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.