Avval xabar berganimizdek, Seul şahrida bölib ötayotgan ICAPP 13-Boş Assambleyasi doirasida Özbekiston Xalq demokratik partiyasi delegatsiyasi xalqaro siyosiy muloqotlarda iştirok etmoqda.
Yalpi majlisda Özbekiston XDP Markaziy kengaşi raisi örinbosari Abrorjon Qurbonov ma’ruza qilib, «Özgarayotgan dunyoda işonçni tiklaş» masalasi yuzasidan partiyaning siyosiy pozitsiyasini bayon qildi.
Unda siyosiy işonçni mustahkamlaşning muhim şarti sifatida ijtimoiy adolatni ta’minlaş, kambağallik va ijtimoiy tengsizlikni qisqartiriş, inson manfaatlarini işonçli himoya qiliş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Şuningdek, raqamlaştiriş va sun’iy intellektdan foydalanişda teng imkoniyatlarni ta’minlaş, iqlim özgarişining aholi ijtimoiy holatiga ta’sirini kamaytiriş böyiça qator takliflar ilgari surildi.
Ma’ruzada «Özbekiston — ijtimoiy davlat» konstitutsiyaviy tamoyili mamlakat ijtimoiy siyosatining muhim asosi ekani ta’kidlandi.
Özbekiston XDP xalqaro siyosiy muloqotlarda ijtimoiy adolat, teng imkoniyat va kuçli ijtimoiy himoyaga asoslangan siyosiy yondaşuvini izçil ilgari surmoqda.