Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Fan, ta’lim, madaniyat, sport va yoshlar masalalari qo‘mitasi a’zolari, jumladan, partiyamiz deputatlari Sayyora Imomova hamda Zuhra Shodiyevalar Xorazm viloyatidagi qator ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi.
Deputatlar Urganch shahridagi “Feruz — Xorazm” MCHJga qarashli “Nurafshon Kids” maktabgacha ta’lim muassasasida bo‘lib, tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim-tarbiya jarayoni hamda pedagogik faoliyatni o‘rgandi. Shuningdek, “Feruz — Xorazm” MCHJ tomonidan amalga oshirilayotgan 300 o‘rinli zamonaviy boshlang‘ich maktab qurilishi jarayoni ham ko‘zdan kechirildi.
O‘rganishlar davomida ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, pedagog kadrlar salohiyati va yaratilgan shart-sharoitlar tahlil qilindi. Yakunda ta’lim sifatini yanada oshirish, xususiy ta’lim sektorini qo‘llab-quvvatlash hamda ta’lim xizmatlari samaradorligini kuchaytirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.