Aholi salomatligini mustahkamlashga qaratilgan tibbiy ko‘rik o‘tkazildi
O‘zbekiston XDP Surxondaryo viloyat hamda Termiz shahar kengashlari tashabbusi bilan Termiz shahridagi 1-sonli oilaviy poliklinikada “Sog‘lom davlat – kuchli jamiyat” shiori ostida bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir davomida fuqarolar malakali shifokorlar tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilib, ularning salomatlik holati baholandi. Shuningdek, ishtirokchilarga kasalliklarning oldini olish, sog‘lom turmush tarziga amal qilish hamda tibbiy profilaktika masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
Mazkur aksiya aholi salomatligini mustahkamlash, kasalliklarni erta aniqlash va profilaktik tibbiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qildi.