Toshkent tumani tibbiyot birlashmasining Bolalar bo‘limi avariya holatida ekanligi uchun joriy yilning 28-fevralida sanitariya-epidemiologiya mutaxassislari tomonidan bo‘limning ishlashiga taqiq qo‘yilgan. Natijada aholiga o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatishda muammolar kuzatilayotgan edi.
Bu masalada aholi vakillari xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi deputatimiz Shahnoza Abdurahimovaga yordam so‘rab murojaat qilishdi. Deputatimiz murojaatni o‘rgandi va mas’ul tashkilotlar bilan bog‘lanib muammoga yechim izladi.
Shu yo‘lda deputatimiz Ipoteka bankining Yakkasaroy filialiga bo‘lim ta’miri uchun mablag‘ so‘rab deputat so‘rovi yubordi. Natijada bank tomonidan Bolalar bo‘limini ta’mirlash uchun 350 million so‘m pul mablag‘i ajratildi.
Deputatlarimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan bunday xayrli ishlar aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatning sifatli va o‘z vaqtida bo‘lishiga xizmat qiladi.