O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi bo‘lim boshlig‘i R.Allambergenov, Nukus tuman partiya kengashi raisi, Xalq deputatlari Nukus tuman Kengashidagi partiya guruhi rahbari R.Saparniyazov hamda ishchi guruh a’zolari tomonidan tumandagi 7-, 9- va 18-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida muassasalarda sanitariya-gigiyena va yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, elektr jihozlaridan foydalanish holati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi. Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash va tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish va bolalar xavfsizligini kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.