Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
Saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi

 

Partiyamiz Narpay tumani Kengashi deputati A.Xudoyberdiyev “Barkamol” mahallasida bo‘lib, aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

Muloqot davomida mahalla faollari ichki yo‘llarning holati qoniqarsiz ekanligi masalasida deputatga murojaat qilishdi.

Deputat mavjud holatni joyiga chiqib o‘rgandi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning bugungi holati, ularning ta’mirtalab qismlari hamda yo‘l infratuzilmasi bilan bog‘liq mavjud muammolar ko‘zdan kechirildi.

Xalq vakili o‘rganish yakunida ichki ko‘chalar holatini yaxshilash, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish, yo‘l chetlarini tartibga keltirish hamda tungi yoritish tizimini yaxshilash masalalarini tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda bosqichma-bosqich hal etishga qaror qildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish