Bemor bolalar holidan xabar olindi

 

1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan partiyamiz Surxondaryo viloyat Kengashi tomonidan “Bolalarga bering dunyoni” shiori ostida Termiz shahridagi Surxondaryo viloyat bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazining gematologiya va rejali xirurgiya bo‘limidagi bolalar holidan xabar olinib, ularga bayramona kayfiyat ulashish maqsadida sovg‘alar topshirildi.

Tadbir davomida bolalarga mehr va e’tibor ko‘rsatilib, ularning kayfiyatini ko‘tarish, bayram quvonchini ulashish maqsadida turli sovg‘alar, ko‘ngilochar dasturlar tashkil etildi.

Ushbu ezgu tashabbus bolajonlarga quvonch ulashish, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda jamiyatda mehr-oqibat va insonparvarlik qadriyatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish