Toshkent viloyatidagi o‘rganishlardan

 

Partiyamiz Toshkent viloyati kengashi raisi Akmal Umaraliyev boshchiligidagi ishchi guruh 20-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish olib bordi.

O‘rganish davomida muassasada sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinishi, elektr jihozlaridan to‘g‘ri foydalanish holati hamda bolalar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.

Shuningdek, bolalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tayyorlash jarayonlari ko‘zdan kechirildi. Ta’lim tashkiloti faoliyatini yanada samarali tashkil etish, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish va ta’lim sifati hamda xavfsizlik talablarini kuchaytirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar maktabgacha ta’lim tizimini takomillashtirish, bolalar uchun xavfsiz va zamonaviy muhit yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Jamoatchilik qabulxonasi Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish