Namanganda 500 nafar aholi tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi
Partiyamiz Namangan viloyat kengashi tomonidan “Sog‘lom jamiyat – kuchli davlat” shiori ostida Namangan shahar Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasi bilan hamkorlikda bepul tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Ko‘rik davomida 500 nafardan ortiq fuqarolar tajribali shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Jumladan, qon bosimi, qand miqdori, yurak faoliyati, EKG, UZI hamda boshqa muhim tibbiy tekshiruvlar amalga oshirildi.
Shuningdek, mutaxassislar tomonidan sog‘lom turmush tarzi, to‘g‘ri ovqatlanish va kasalliklarning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Kasalligi aniqlangan hamda ijtimoiy ko‘makka muhtoj xotin-qizlarga tegishli tavsiya va yo‘llanmalar taqdim etildi.