9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan yurtimizda urush va mehnat faxriylariga ehtirom ko‘rsatish, ularning jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan hissasini e’tirof etish partiyamizning ezgu amallaridan biridir.
Shu munosabat bilan partiyamiz Toshkent viloyat kengashi faollari Parkent tumani “Nomdanak” qishlog‘ida istiqomat qiluvchi 101 yoshli nuroniy Anorboy ota Jalilov xonadonida bo‘ldilar.
Anorboy otaga partiya tizimi rivojiga qo‘shgan hissasi va ko‘p yillik ijtimoiy faolligi uchun “O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi iftixori” ko‘krak nishoni topshirildi.
Mazkur e’tirof – insonni ulug‘lash, keksa avlod vakillarining fidokorona mehnatini qadrlash va avlodlar o‘rtasidagi uzviylikni mustahkamlashga qaratilgan amaliy ishlarning yorqin ifodasidir.