Elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan deputat so‘rovi yuborildi

 

Xalq deputatlari Amudaryo tumani Kengashi deputati O. Yo‘ldoshov tomonidan saylovchilar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bir qator muammolar aniqlandi.

Uchrashuvda “Oq oltin” ovulidagi Ko‘nabosu aholi punktida elektr energiyasining pastligi va simyog‘ochlarni yangisiga almashtirish hamda Tozabosu aholi punktida elektr energiyasining pastligi bo‘yicha masalalar muhokama qilindi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish maqsadida deputatimiz tegishli tashkilot rahbariga deputat so‘rovi yubordi va jarayonni nazoratga oldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish