Deputatimiz piyodalar yo‘lakchasi qurilishini nazoratga oldi
Deputatimiz piyodalar yo‘lakchasi qurilishini nazoratga oldi

 

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi deputati E. Raxmonov tomonidan “To‘lqin” mahallasining O‘zbekiston ko‘chasida aholining kundalik harakatlanishi uchun qulay va xavfsiz sharoitlar yaratish maqsadida barpo etilayotgan 1 km uzunlikdagi piyodalar yo‘lakchasini qurish jarayoni joyiga chiqib o‘rganildi.

Jarayonda qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan qurilish materiallarining talab darajasiga mosligi, belgilangan muddatlarga rioya etilishi tahlil qilindi.

O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash hamda aholiga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida tegishli tavsiyalar berildi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish