Iqtisodiy mustaqil ayol – farovon oila asosi

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi Buxoro shahridagi Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Hunarli ayol – baxtli oila” mavzusida forum o‘tkazdi.

Xalq demokratik partiyasi Buxoro viloyat kengashi raisi Zulfiya To‘yyeva ochilish marosimida forumdan maqsad xotin-qizlarning hunarmandchilik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlash ekanini ta’kidladi. O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining faol, tashabbuskor va iqtisodiy mustaqil ayollar qatlamini shakllantirish yo‘lida amalga oshirayotgan tashabbus va loyihalari haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Forumda Buxoro viloyat hokimining o‘rinbosari – oila va xotin-qizlar boshqarmasi boshlig‘i Hafiza Ortiqova “Oila farovonligini ta’minlash va xotin-qizlar uchun imkoniyatlar” mavzusida taqdimot o‘tkazdi. Yurtimizda ayollarga yaratilayotgan imkoniyatlar, viloyatda ulardan samarali foydalanilayotgani haqida fikr-mulohazalar bildirildi.

Muloqot davomida ijtimoiy, iqtisodiy va kasbiy rivojlanishga qaratilgan masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilar uchun, ayniqsa, o‘z ishini yo‘lga qo‘yib olgan ayollarning fikr-mulohazalari, tajribalari juda qiziq bo‘ldi. Ko‘p yillik tajribaga ega tadbirkor ayollar o‘z ishini endi boshlayotgan xotin-qizlarga shaxsiy o‘sish, kasbiy rivojlanish, ijtimoiy ko‘nikmalarni oshirish bo‘yicha qimmatli tajribalari bilan bo‘lishishdi.

Shuningdek, forumda ayollarning jamiyatning faol bo‘g‘ini bo‘lishiga to‘siq bo‘layotgan stereotiplar, ularning tadbirkorlik bilan shug‘ullanishida, ishga joylashishida uchrayotgan muammolar tahlil qilindi.

Xalq demokratik partiyasi vakillari bunday muammolarni nafaqat muhokama qilish, balki ularga aniq yechimlar topishga, bu borada mas’ul idora va tashkilotlar bilan hamkorlik qilishga tayyorligini ma’lum qildi.

Forum doirasida ayollar tomonidan yaratilgan mahsulotlar va ijod namunalarining yarmarkasi tashkil etildi. Hududda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar tomonidan tayyorlangan hunarmandchilik mahsulotlari, tadbirkorlik faoliyati natijalari ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Partiya munosabati Bizning deputat
← Roʻyxatga qaytish