O‘zbekiston XDP Qumqo‘rg‘on tuman kengashi raisi, partiya deputati M. Namozov “Bir mahalla – bir tashabbus” loyihasi doirasida hududlarga chiqib, xonadonma-xonadon yurish orqali aholi murojaat va takliflarini o‘rgandi.
O‘rganish davomida “Uyas” mahallasida yo‘l infratuzilmasi, ichimlik suvi ta’minoti, elektr energiyasi, obodonlashtirish bilan bog‘liq hamda boshqa ijtimoiy muammolar mavjudligi aniqlandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan tegishli tashkilot va mas’ul idoralarga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda muammolarni qisqa muddatlarda hal etish va amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan axborot taqdim etish so‘ralgan.
Shuningdek, aniqlangan muammolar deputat tomonidan nazoratga olinib, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilishi belgilandi.