Deputat ichimlik suvi muammosini hal qilishga kirishdi
Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashidagi deputatimiz Malik Jalolovga “Al-Buxoriy” mahallasidagi aholidan murojaat kelib tushdi. Unda mahallaning N.To‘xtasinov ko‘chasida oqava suv tarmoqlari eskirgani, ayrim joylari nosoz holatga kelgani aytilgan.
Deputat murojaatni joyiga chiqib o‘rgandi va ichimlik suvi quvurlarining yangilash zarur, degan xulosaga keldi.
Shu munosabat bilan O‘zsuvtaminot AJning Andijon shahar bo‘limiga deputat so‘rovi yubordi. Unda hududdagi oqava suv tarmoqlarini ta’mirlash, shuningdek 400 metr ichimlik suvi quvurlarini yangilash choralarini ko‘rish so‘ralgan.