O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasining g‘oya va dasturlarini keng jamoatchilikka yetkazishda, saylovchilar orasida targ‘ibot-tashviqot ishlarini samarali yo‘lga qo‘yishda boshlang‘ich partiya tashkilotlari muhim bo‘g‘in vazifasini o‘tab beradi.
Bugungi kunda respublikamizning barcha hududlarida 11 200 dan ortiq boshlang‘ich partiya tashkilotlarimiz faoliyat yuritmoqda. Har bir boshlang‘ich partiya tashkiloti yilning birinchi yarmida o‘tgan yil davomida bajarilgan ishlar, erishilgan natijalar haqida saylovchilarga atroflicha hisobot berib, kelgusidagi ustuvor vazifalarni belgilab oladi.
Ayni kunlarda ushbu jarayon davom etmoqda. Boshlang‘ich partiya tashkilotlarimizning hisobot yig‘ilishlari o‘tkazilib, ularning raisligiga saylovlar bo‘lib o‘tmoqda. Mart oyi yakuni bo‘yicha jami 4 813 ta BPTlarda hisobot saylov yig‘ilishlari bo‘lib o‘tdi. Shundan 4 280 ta yig‘ilishlarda amaldagi BPT raislari saylangan bo‘lsa, 533 ta BPTda raislar yangi saylandi.
Boshlang‘ich partiya tashkilotlarida hisobot, reja va saylov jarayonlar qizg‘in pallaga kirdi.