Xalq deputatlari Ulug‘nor tumani Kengashi raisi X.Rahimov tumanning “Obod” mahallasida bo‘lib, hududda amalga oshirilayotgan obodonlashtirish ishlari hamda infratuzilmani yaxshilash borasida olib borilayotgan loyihalar bilan yaqindan tanishdi.
Deputat aholi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazib, mahalladagi ichki yo‘llarni ta’mirlash, piyodalar yo‘laklarini tartibga keltirish, ko‘chalarni yoritish tizimini yangilash, ichimlik suvi va elektr ta’minotini yaxshilash kabi muhim masalalarda fikr almashdi. Mahalla faollarining takliflarini tingladi.
Xalq vakili hududni obodonlashtirish va uning infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar aholining turmush farovonligini oshirishga, odamlarning og‘irini yengil qilishga xizmat qilishini inobatga olib, ishlar o‘z vaqtida va sifatli tugatilishi ustidan deputat nazorati olib borilishini ta’kidladi.