Deputat poliklinika qurilishini ko‘zdan kechirdi

 

Kogon tuman Kengashidagi deputatimiz S.Sharipova Kogon mahallasi hududida yangi qurilayotgan 26-sonli oilaviy poliklinikada o‘rganish olib bordi.

Deputat qurilish jarayonlarining borishi, bajarilayotgan ishlar sifati hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishini ko‘zdan kechirdi. Mas’ullar tomonidan obyektning loyihasi, quvvati va aholiga ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlar ko‘lami haqida batafsil ma’lumot berildi.

Qayd etilishicha, mazkur oilaviy poliklinika foydalanishga topshirilgach, hudud aholisiga birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati sezilarli darajada oshadi.

Mas’ullardan o‘rganish davomida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish so‘raldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish