Deputat tashabbusi bilan har bir xonadonga toza ichimlik suvi kirib bormoqda
Xalq deputatlari Kogon tumani Kengashidagi deputatimiz Inobat Hamidova “Navro‘z” mahallasiga qarashli “Oqchamamad” qishlog‘i aholisidan kelib tushgan murojaat bilan tanishdi.
Murojaatni o‘rganish davomida hudud aholisini toza ichimlik suvi bilan to‘liq ta’minlanmagani aniqlanib, tegishli tashkilotlarga bu haqda deputatlik so‘rovi yuborgan edi.
Natijada qishloq aholisining ko‘p yillik muammolaridan biri bo‘lgan toza ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash ishlari boshlab yuborildi.
Bugungi kunda “Oqchamamad” qishlog‘idagi har bir xonadon bosqichma-bosqich toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmoqda. Mazkur jarayonning sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirilishi ustidan deputat nazorati o‘rnatilgan.