Xalq deputatlari Shomanay tuman Kengashidagi deputatimiz Mahmud Esengeldiyev “Begjap” ovul fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan uchrashuv o‘tkazgan edi. Muloqot davomida hudud aholisi tomonidan bir qator murojaatlar bo‘ldi.
Jumladan, “Begjap” ovul fuqarolar yig‘inining “Nurimbay” aholi punktida yashovchi fuqarolar toza ichimlik suvi bilan ta’minlanmaganini aytib, 130 dan ortiq xonadon uchun 15 km uzoqlikdan yangi ichimlik suvi tarmog‘ini tortish masalasi ko‘tarilgan edi.
Mazkur masala bo‘yicha deputat tomonidan Shomanay tumani hokimining o‘rinbosari A.Mambetjanovga deputatlik so‘rovi yuborildi. Natijada so‘rovdan bir hafta o‘tmay “Nurimbay” aholi punktida yashovchi 130 dan ortiq xonadonni toza ichimlik suvi bilan ta’minlash maqsadida 15 km ichimlik suvi tarmog‘ini tortish ishlari boshlab yuborildi.