O‘zbekiston XDP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan “Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish” yilida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi mazmun-mohiyatini partiya elektorati orasida keng targ‘ib qilishga bag‘ishlangan tadbir tashkil etildi.
Unda partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi, tuman va shahar kengashlari rahbar va xodimlari, plenum va ijroiya qo‘mita a’zolari, Xalq deputatlari tuman va shahar Kengashlaridagi partiya guruhi a’zolari, partiya faollari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Yig‘ilganlar joriy yilgi Davlat dasturida belgilangan mahalla taraqqiyoti, innovatsion iqtisodiyot, ekologik barqarorlik va aholi farovonligini ta’minlashga qaratilgan barcha islohotlar zamirida inson manfaati ustuvor ekanligini alohida ta’kidlashdi.
Tadbir davomida bir qator deputatlar va partiya hududiy kengashlari vakillari fikr-mulohazalar bildirib, Davlat dasturida belgilangan vazifalarni aholi orasida, ayniqsa partiya elektorati o‘rtasida keng targ‘ib qilish lozimligini ta’kidlab, joylarda targ‘ibot tadbirlarini tashkil etishni o‘zlariga maqsad qilib olishdi.