Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi deputatimiz Q.Qosimova Toshkent viloyatining Ohangaron shahrida joylashgan 1-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lib, u yerda o‘quvchilarning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlarni o‘rgandi.
O‘qituvchilar va yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvlar davomida so‘nggi yillarda mamlakatimizda ta’limning barcha bo‘g‘inlari izchil rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida ma’lumotlar berildi.
Deputatimizning uchrashuvlari “Yoshlik” mahalla fuqarolar yig‘inida davom yetdi. Xalq vakili bu yerda mahalla yettiligi faoliyati bilan yaqindan tanishib, fuqarolar bilan suhbatlashdi.
Mahalla faollari keyingi yillarda mahalla institutini isloh qilish va uni xalq hayotiga yaqin, samarali tizimga aylantirish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilgani, ayniqsa, “ettilik” tizimining joriy qilingani bugun ko‘plab masalalarni shu yerning o‘zida hal yetish imkonini berayotganini qayd yetdi.
Muloqotlar chog‘ida aholi vakillarining murojaatlari tinglanib, ularning aksariyat qismi tegishli mutasaddilar bilan birgalikda hal yetildi.
Yana bir deputatimiz I.Tokareva va ishchi guruh Olmazor tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘ldi. Ular markaz faoliyatini o‘rganib, xodimlarning mehnat shart-sharoitlari va ko‘rsatilayotgan ijtimoiy yordamlar samaradorligini tahlil qilishdi.
O‘rganishlar davomida xizmatlar sifati va samaradorligi, aholiga sifatli, tezkor va qulay xizmatlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirish zarurligi ta’kidlandi.
Yakunda deputat markaz faoliyatini yaxshilash uchun og‘ir ahvolga tushgan fuqarolarga manzilli yordam ko‘rsatish tizimini kuchaytirish, sohada yangicha yondashuvlarni joriy etish lozimligini ta’kidladi.
Fraksiyamiz a’zosi M.O‘razaliyeva Mirzacho‘l tumanida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Deputat jamiyatda halollik va mas’uliyat tamoyillarini mustahkamlash, davlat xizmatchilarining ochiqligi va hisobdorligini ta’minlash, yoshlar ongida korrupsiyaga qarshi madaniyatni shakllantirish zarurligiga alohida e’tibor qaratdi.
Shuningdek, M.O‘razaliyeva har bir rahbar o‘z faoliyatini qonuniylik, adolat va xalq manfaatiga xizmat qilish tamoyillariga asoslab olib borishi kerakligini, korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz munosabatda bo‘lish lozimligini ta’kidladi.
Yig‘ilish davomida deputat tomonidan mas’ullarga tizimli profilaktika, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish va halollik muhitini kengaytirish borasida aniq takliflar bildirildi.