“Imkon” aksiyasi Nukusda
Partiyamiz Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi tashabbusi bilan Nukusda “Imkon” loyihasi doirasida amaliy tadbir o‘tkazildi.
Loyihaning maqsadi – yoshlarni IT va xorijiy tillar bo‘yicha bepul kurslarda o‘qitish orqali ularning mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshirish, ishga joylashishiga ko‘maklashishdan iborat.
Bugungi kunda Nukusda loyiha doirasida nemis va koreys tili o‘quv kurslarida 100 nafar yoshlar bepul o‘qitilmoqda.