Jizzaxlik yoshlar yaratilgan imkoniyatlardan qanday foydalanmoqda?

Deputatimiz Z.Аkramova Jizzax shahridagi Qaliya mahallasida fuqarolar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida mahallada iqtisodiy faollik, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish orqali yangi ish o‘rinlari yaratish masalasi hamda saylovchilarni o‘ylantirayotgan muammolar muhokama qilindi.
O‘rganishda ma’lum bo‘lishicha, Аzimjon Nosirov yaratilgan imtiyozlardan foydalanib, mahalla yettiligi ko‘magi bilan 100 mln imtiyozli kredit olib, temirchilik ustaxonasini tashkil qilgan. U bugungi kunda 20 nafar mahalladoshlarini ish bilan taʼminlagan.
Shuningdek, mahallada yashovchi 18 yoshli Nodir Daminov yoshlarga berilgan imkoniyatlardan samarali foydalangan holda mahalla yettiligi ko‘magi bilan 80 mln so‘m imtiyozli kredit olib, hozirda “gulli patalok” ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga quyib yoshlarning ergashtirmoqda.

← Roʻyxatga qaytish