Jamiyatimiz taraqqiyoti, oilalarning barqarorligi va xotin-qizlar bandligini ta’minlash bugungi kunning eng muhim vazifalaridan biridir. Shu maqsadda, partiyamiz tomonidan xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘rgatish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish yo‘nalishida tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Boysun tuman Kengashidagi partiya guruhi hamda tumanning Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida “Xo‘jabulg‘on” va “Tillokamar” mahallalarida ayollarga kasb-hunar o‘rgatishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etildi.
Mazkur o‘quvlarda xotin-qizlar uchun milliy liboslar tikish va pishiriq tayyorlash yo‘nalishlarida mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Darslar davomida ishtirokchilar muhim amaliy ko‘nikmalarga ega bo‘ldi.
Tadbir yakunida kurslarni muvaffaqiyatli tamomlagan xotin-qizlarga maxsus sertifikatlar topshirildi. Bu kabi tashabbuslar ayollarning bandligini ta’minlash, oilaviy daromadni oshirish hamda kambag‘allikni qisqartirishda o‘z samarasini bermoqda.