Ishlab chiqarishdagi yoshlar XDPni tanladi
        
Toshkent viloyat kengashimiz tashkilotchiligida “Ammofos-MAXAM” aksiyadorlik jamiyatida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi.
Yoshlar parlamenti a’zolari hamda korxona yosh xodimlari samimiy suhbatlashdi, fikr almashdi.
Korxonada yoshlarga yaratilgan sharoit ham o‘rganildi. Ishtirokchilar “Ammofos-2” sexi, laboratoriya, muzey va zamonaviy tahlil markazi faoliyati bilan tanishishdi. Yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldi.
Suhbat yakunida 24 nafar faol yigit-qizlar partiyamiz safiga qabul qilindi.
 
             
                             
                             
                            