
Piskent tuman Kengashidagi deputatlik guruhimiz tumanning ichimlik suvi va oqava suv tizimini o‘rganib, uni takomillashtirish masalasini tuman Kengashi sessiyasiga kiritdi.
O‘rganish natijalariga ko‘ra tumanda 20 minga yaqin xonadon mavjud bo‘lib, ularda 100 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Aholining 71,1 foizi ichimlik suvi bilan ta’mirlangan. Rejaga ko‘ra, bu ko‘rsatgich 90 foizga yetkazilishi maqsad qilingan.
Tumanda 223 km ichimlik suv tarmoqlari mavjud bo‘lib, shundan 16 kmi ta’mirga muhtoj holatda.
Tuman Xalq qabulxonasiga kelib tushgan murojaatlarning katta qismi aynan ichimlik suvining tez-tez uzilib turishi, bu boradagi murojaatlar mas’ullar tomonidan vaqtida ko‘rib chiqilmasligi, yaroqsiz holga kelib qolgan ichimlik suvi tarmoqlarining yillar davomida ta’mirlanmasligi bilan bog‘liq ekanligi tahlili qilindi.
Ichimlik suvi bilan bog‘liq muhokamalar uzoq davom etdi. Kengash yakunda muhim qarorlar qabul qildi.