Jizzaxda ehtiyojmand aholi uchun bepul tibbiy ko‘rik

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat kengashi tashabbusi bilan Jizzax shahar “Oqqo‘rg‘onlik” mahallasida joylashgan shahar tibbiyot birlashmasida “Sog‘lom avlod – yurt tayanchi” shiori ostida navbatdagi xayriya tadbiri o‘tkazildi.

Aksiya doirasida imkoniyati cheklangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar mutaxassis shifokorlar tomonidan bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Terapevt, pediatr, stomatolog, oftalmolog, ginekolog kabi yo‘nalishlar bo‘yicha chuqurlashtirilgan tekshiruvlar amalga oshirilib, kerakli tavsiyalar berildi va ayrim bemorlarga davo muolajalari belgilandi.

Tadbirda “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamoat fondi, Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish markazi, partiyaning Jizzax shahar kengashi faollari hamda partiya deputatlari faol ishtirok etdi. “Salomatlik aksiyasi” doirasida ijtimoiy himoyaga muhtoj 108 fuqaro bepul tibbiy xizmat bilan qamrab olindi.

Shuningdek, tadbir davomida aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, kasalliklarning oldini olish va muntazam tibbiy ko‘riklardan o‘tish bo‘yicha targ‘ibot ishlari ham olib borildi.

Partiyaning viloyat kengashi tomonidan tashkillashtirilgan bu kabi amaliy tadbirlar aholining salomatligi va ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga xizmat qiladi.

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Loyihalarimiz Deputat Jamoatchilik qabulxonasi Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish