Xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan davra suhbati
Xotin-qizlar faolligini oshirishga qaratilgan davra suhbati

 

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Mirzo Ulug‘bek tuman kengashi raisi, Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Shahzoda Qurbonova tashabbusi bilan 142-sonli umumta’lim maktabida “Ijtimoiy himoyadan ijtimoiy faollikka” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Tadbir davomida xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni, ularning siyosiy jarayonlardagi ishtiroki, huquqiy savodxonligini oshirish va ijtimoiy faolligini kuchaytirish kabi dolzarb masalalar muhokama qilindi. Ishtirokchilarning fikr-mulohazalari eshitilib, ularni qiziqtirgan savollarga qonuniy asosda javoblar berildi.

Davra suhbati xotin-qizlarni ijtimoiy hayotga keng jalb etish, ularning faolligini rag‘batlantirish va fuqarolik mas’uliyatini oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘ldi.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

«Faol ayollar» qanoti Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar
← Roʻyxatga qaytish