Jizzax viloyat ko‘p tarmoqli bolalar markazida “Bor mehrimiz sen uchun, bolajon” shiori ostida bolalar uchun quvonchli va esda qolarli madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida bolajonlarning sevimli ko‘ngilochar shakllaridan biri — qo‘g‘irchoq teatri sahnaga chiqarilib, ertak qahramonlari orqali do‘stlik, ezgulik, mehnatsevarlik kabi qadriyatlar targ‘ib qilindi. Tomoshabin bolajonlarning yuzlaridagi tabassum va ko‘zlaridagi quvonch ana shu samimiyatdan darak berdi.
Shuningdek, tadbir davomida bolalar she’r o‘qib, quvnoq kuy-qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib o‘z iste’dodlarini namoyish etdilar. Ularning chiqishlari barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tadbirda O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi Jizzax shahar kengashi raisi N. Siddiqov, OMQPH “Yoshlar parlamenti” a’zosi D. Turg‘unova hamda “Sog‘lom avlod uchun” hayriya jamoat fondi vakillari ishtirok etdi.