O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini joyiga chiqib o‘rganish tamoyiliga sodiq holda ish yuritmoqda.
Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati O. Iminov hamda partiyaning Andijon viloyat kengashi bo‘lim boshlig‘i O. Ahmedov Shahrixon tumanidagi “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazida bo‘lib, nogironligi bor fuqarolarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar holatini o‘rgandi.
Shuningdek, deputatlar tuman markazidagi “Shoxbekat”da jamoat transportlarida nogironlar uchun yaratilgan sharoitlar, amaliy yordam ko‘rsatish holatini ham ko‘zdan kechirib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tavsiyalar berdi.
Mazkur o‘rganishlar Xalq demokratik partiyasining ijtimoiy tenglik, ijtimoiy adolat va inklyuziv davlat qurish tamoyillarini hayotga tatbiq etishga qaratilgan amaliy faoliyatining bir ko‘rinishi bo‘ldi.