Oliy Majlis deputatlari Toshloq tumanida sayyor uchrashuv o‘tkazdi

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Dilbar Mamajonova va Shokirjon Ahmedov Farg‘ona viloyatining Toshloq tumanida bo‘lib, bir qator uchrashuvlar va muloqotlar o‘tkazdi.

O‘rganishlar doirasida deputatlar Toshloq tumani Ichki ishlar bo‘limi rahbari, shuningdek, bir nechta mahallalardagi “Mahalla yettiligi” a’zolari bilan uchrashdi. Muloqotlarda hududlardagi dolzarb muammolar, ularni bartaraf etish yo‘llari, mavjud qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha taklif va mulohazalar muhokama qilindi.

Fuqarolarning fikrlari, takliflari va joylardagi real muammolar deputatlar tomonidan tinglanib, ular asosida tegishli qonunchilik tashabbuslarini ishlab chiqish rejalashtirildi.

Deputatlar mahalliy aholi bilan ochiq va samimiy muloqotda bo‘lib, ularning ijtimoiy, iqtisodiy va huquqiy muammolarini hal etishda doimiy hamkorlikka tayyor ekanliklarini ta’kidladilar.

 

 

 

 

 

 

 

Teglar

Deputat Xalq demokratik partiyasi deputatlaridan aniq natijalar Oliy Majlis Bizning deputat Fuqarolar murojaati Deputat mahallada
← Roʻyxatga qaytish