Andijon viloyati Asaka tumanidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi jamoat salomatligini saqlash texnikumida “Siyosatdagi yoshlar” loyihasi doirasida navbatdagi muhim tadbir tashkil etildi.
Mazkur loyiha yoshlarning siyosiy jarayonlardagi ishtirokini kengaytirish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga nisbatan faolligini oshirish, shuningdek, ta’lim, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy tenglik yo‘nalishlaridagi tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan.
Tadbirda viloyat va mahalliy Kengash deputatlari, Yoshlar ishlari agentligi vakillari, “Asaka hayoti” gazetasi muharriri, texnikum va kollej talabalari ishtirok etdilar. Ishtirokchilar “Adolat”, “Diplomatlar”, “Avitsina”, “Kelajak siyosatchilari” va “Parvozlar” jamoalariga bo‘lingan holda bellashuvlarda qatnashdi.
Tadbirning asosiy vazifasi yoshlarning siyosiy-huquqiy bilimlarini baholash, sog‘lom raqobat muhitini yaratish, “siyosiy liderlik” va “jamoatchilik boshqaruvi” bo‘yicha ko‘nikmalarni mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Bellashuvlar “Tezkor savol-javob”, “Fikrlash va tahlil”, “Munozara va debat” yo‘nalishlarida o‘tkazildi.
Yakunda:
- 1-o‘rin: “Avitsina” jamoasi,
- 2-o‘rin: “Diplomatlar” jamoasi,
- 3-o‘rin: “Kelajak siyosatchilari” jamoasi egalladi.
G‘oliblarga diplom, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.
“Siyosatdagi yoshlar” loyihasi – yoshlarning siyosiy faolligini oshirish, ijtimoiy mas’uliyatini kuchaytirish hamda fuqarolik jamiyatiga faol hissa qo‘shishiga xizmat qilayotgan muhim platformadir.