Oliy Majlis Qonunchilik palatasida quyi palata huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zoligiga partiyamizdan saylangan yoshlar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi.
Qay etish kerakki, mamlakatimizning turli hududlarida rang-barang sohalarda ta’lim olayotgan, mas’uliyatli vazifalarda izchil faoliyat yuritayotgan partiyamiz safidagi 20 nafar yigit-qizlar Yoshlar parlamenti a’zoligiga saylangan. Ular endilikda qonun ijodkorligi jarayonlarida bevosita ishtirok etish, yoshlarning huquq va manfaatlari bilan bog‘liq muhim masalalarda o‘z taklif va tashabbuslarini ilgari surish, deputatlardan tajriba orttirish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Muloqotda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O‘zXDP fraksiyasi rahbari Ulug‘bek Inoyatov mamlakat parlamentida millionlab yoshlarning vakili sifatida faoliyat yuritish katta mas’uliyat ekanligini ta’kidlab, Xalq demokratik partiyasining dasturiy maqsadlariga erishishda yoshlar guruhi va fraksiyamiz a’zolarining doimiy hamkorligi muhimligini qayd etdi. Parlamentdagi partiyamiz yoshlar guruhining faoliyatini samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha dastlabki vazifalar belgilab olindi.
Bugun, shuningdek, Yoshlar parlamentining dastlabki majlisi ham bo‘lib o‘tdi. Unda Shohruh O‘ktamov O‘zXDP yoshlar guruhi rahbari, Yoshlar parlamenti raisi o‘rinbosari etib saylandi.
Partiyamiz yoshlar guruhi a’zosi Gavhar Qarshiyeva Yoshlar parlamentining Yoshlar bandligi, sog‘liqni saqlash va ijtimoiy masalalar qo‘mitasi raisligiga saylandi.